AsosiyJinoyat

Samarqandda YPX xodimlari faoliyati jarayonida vafot etgan soliq inspeksiyasi xodimi bo`yicha jinoyat ishi sudga yuborildi

'Samarqandda YPX xodimlari faoliyati jarayonida vafot etgan soliq inspeksiyasi xodimi bo`yicha jinoyat ishi sudga yuborildi'ning rasmi

Avvalroq, Kattaqo`rg`on tumanida YPX inspektorlarining faoliyati jarayonida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i 1-o`rinbosari vafot etganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shundan so`ng, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilganligi va tergov harakatlari olib borilayotganligi ma`lum qilindi

Ayni paytda mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi sudga yuborilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

"Samarqand viloyati, Kattaqo`rg`on tumani IIB YHXB xodimlarining faoliyati jarayonida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i 1-o`rinbosarining o`limi yuz berganligi bilan bog`liq jinoyat ishi sudga yuborildi", - deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar