1

Samarqandda davlat xaridlariga oid qonunbuzilish holatlari o`rganildi

Jinoyat 17.09.2021, 21:55
Teglar: Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi
Samarqandda davlat xaridlariga oid qonunbuzilish holatlari o`rganildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Samarqand viloyatida byudjet buyurtmachilari tomonidan «dxarid.uz» va «tender.mc.uz» maxsus axborot portalida joylashtirilgan e`lonlar joyiga chiqib o`rganildi.

O`rganish natijalariga ko`ra, buyurtmachilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda 18 ta holatda jami qiymati 50 mlrd. so`mlik qonunbuzilishlar aniqlandi.

Shundan, Samarqand viloyat hokimligi Injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida Xalq ta`limi vazirligi va Soliq qo`mitasining quyi tizimlariga qarashli ob`ektlarda qurilish va ta`mirlash ishlarini amalga oshirish bo`yicha «tender.mc.uz» maxsus axborot portalida umumiy qiymati 42 mlrd. so`mlik jami 9 ta tender e`lonlari joyiga chiqib ko`zdan kechirilganda, tender g`oliblari belgilanmasdan turib, qurilish ishlari boshlab yuborilganligi ma`lum bo`ldi.

Xususan, Samarqand viloyati hokimligi injiniring kompaniyasi tomonidan 2021 yil 3 avgust kuni Kattaqo`rg`on shahar Davlat soliq inspeksiyasi binosi qurilishi bo`yicha qiymati 5,5 mlrd. so`mlik e`lon berilgan. Biroq, qurilish ishlari e`londa ko`rsatilgan muddatdan 3 oy oldin, ya`ni may oyida boshlangan. 

Samarqand viloyat Ko`p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan mebel va tibbiyot uskunalarini xarid qilish bo`yicha jami qiymati 5,5 mlrd. so`mlik 5 ta tanlov e`lonlari va o`tkazilgan tanlov hujjatlari o`rganilganda, qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Xususan, Samarqand viloyat Ko`p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan 4 ta lot bo`yicha tibbiyot uskunalarini xarid qilish uchun e`lon berilgan. Mazkur o`tkazilgan tanlovlar hujjatlari o`rganilganda, unda g`olib bo`lgan jamiyatlar, ya`ni «Sam Med Torg», «Samarkand Eko Med», «Gamma Med», «Samarqand Ideal Pharm» MChJlarning ta`sischilari o`zaro qarindoshligi  ma`lum bo`ldi.

Camarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan mebellar to`plamini xarid qilish va ta`mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida jami qiymati 2 mlrd. 200 mln so`mlik 3 ta tanlov e`lon qilingan bo`lib, o`rganish natijasida ushbu holatlar bo`yicha ham qonunbuzilishlar qayd etildi.

Unda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 fevraldagi 55-son qarori talablariga zid ravishda mazkur institut tomonidan bir turdagi xarajatlarga tegishli bo`lgan ta`mirlash ishlari, ya`ni Iqtisodiyot fakultetining ikkinchi qavatini mukammal ta`mirlash bo`yicha umumiy xarid hajmi ikki qismga bo`linib, tanlov e`lon qilingan.

Jomboy tumani hokimligi tomonidan hokimlikning ma`muriy binosini qurish bo`yicha qiymati 400 mln so`mlik tanlov e`loni o`rganilganda, tanlov g`oliblari aniqlanmasdan turib, qurilish ishlari yakunlanganligi ma`lum bo`ldi. 

Yuqorida ko`rsatilgan holatlarda O`zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi qayd etildi. Shunga ko`ra, Agentlik tomonidan vazirlik va idoralarga davlat xaridlari bilan bog`liq bo`lgan mazkur lotlarni bekor qilish bo`yicha taqdimnomalar kiritilib, to`plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Sharhlar

Xorazmda korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi tuzildi

11.10.2021, 18:13

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Xorazm viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining ta`sis yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati "Darakchi.uz"ga ma`lum qildi.Yig`ilish avvalida...
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilash taklif qilinmoqda

26.08.2021, 22:22

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga qo`shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.    Loyihada davlat hokimiyati va boshqaruvi...
O`zbekistonda davlat xizmatchilari mol-mulkini deklarasiya qilish tartibi ishlab chiqilmoqda

10.06.2021, 00:55

Joriy yilning 9 iyun kuni korrupsiyaga oid qonun hujjatlari loyihalarini halqaro va milliy ekspertlar o`rtasida muhokamadan o`tkazish hamda xalqaro standartlarga mosligini aniqlash maqsadida mahalliy va...
Samarqandda "qo`ylar namoyishi"dan keyin hokim qarori o`zgartirildi

07.04.2021, 18:41

Avvalroq, Samarqandda yaylov yo`qligidan norozi xalq qo`ylarni hokimiyat binosi oldiga haydab kelgani haqida xabar bergan edik. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xabar berishicha, Samarqand viloyati Nurobod tumani...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1