Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ShHTga a`zo davlatlar rahbarlari sammitida o`zaro savdoda milliy valyuta o`tishga qat`iy kirishishga chaqirdi. Bu haqda Uza “RIA Novosti” xabariga tayanib xabar bermoqda.
Uningcha, dollarga bog`liqlik a`zo davlatlar munosabatlari va savdo aloqalarini zaiflashtiradi.
Shuningdek, u AQSh dollari, ko`pincha, qurol o`rnida qo`llanishini eslatib, undan imkon qadar tezroq qutulish lozimligini aytdi.
Aytish joizki, Belarus uchun dollarga bog`liqlik, ayniqsa, mushkul va jiddiy holatda. Davlat qarzi deyarli butunlay dollarda bo`lib, hozirda mazkur valyuta oqimi qariyb to`xtagan.