Prezident Shavkat Mirziyoevning Qoraqalpog`iston aholisi bilan uchrashuvi davom etmoqda, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
“Uchrashuvlarni, eng avvalo, Qoraqalpog`iston diyoridan boshlayotganim, albatta, bejiz emas. Ilgari ham aytganman, bugun ham katta mamnuniyat bilan takrorlayman – men o`zimni qoraqalpoq xalqining ham farzandi, deb bilaman”, - dedi prezident.
“Bul adamning juraǵi qabirg`aśining astinńan ko`riniṕ turadi!” – Qoraqalpoq xalqining yaxshi odamlarga beradigan chuqur ma`noli bu xalqona hikmatli ta`rifini: “Qoraqalpoqlarning qalbi ularning samimiy chehrasida yaqqol ko`rinib turadi”, - deya o`zgartirdi davlat rahbari.
Bunga misol sifatida u qoraqalpoq mutafakkir va shoiri Ajiniyozning:
“Bosh ketsa ham to`g`ri so`zdan qaytmaǵan, nomi qoraqalpoq ellarim bordir”, – degan so`zlaridan iqtibos keltirdi.
Ma`lumot uchun, Allaniyaz O`teniyazov hayotlik chog`ida shaxsiy mablag`i hisobidan ehtiyojmand odamlarga 42 ta uy-joy, 4 ta maktab, 4 ta bog`cha va 4 ta tibbiyot punktini qurib bergan. Xorijiy mamlakatlardagi ko`plab insonlar ham bunday ulkan saxovat va bag`rikenglikka qoyil qolib, Allaniyaz O`teniyazovga xatlar yozishgan. Masalan, argentinalik millioner X.Sapun yo`llagan maktubida uning ezgu ishlaridan saboq olib, o`zi ham bundan buyon oddiy insonlarga ko`mak berishga qaror qilganini qayd etadi.
Allaniyaz O`teniyazovni o`z eliga sadoqati va sahovati bilan qoraqalpoq xalqiga xos eng yaxshi qadriyatlarni butun dunyoga namoyon etgani uchun Nukus shahrining ko`rkam mavzelaridan biriga uning nomini berishni taklif etdi.
“Bu – barchamiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ish bo`lar edi”, - dedi prezident.
Mavzuga doir:






