Qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosarining o`g`liga tegishli kompaniya 9,9 mlrd so`mlik tenderda g`olib bo`lgani haqida ma`lumot bergan edik.
Qishloq xo`jaligi vazirligi vaziyat bo`yicha munosabat bildirdi.
Qishloq xo`jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 1 million dona uzum ko`chatini etkazib berish bo`yicha tenderi natijalari atrofidagi holatni o`rganish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi tomonidan komissiya tuzildi.
Vaziyat o`rnatilgan tartibda qonunchilikka muvofiq ko`rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko`ra tegishli qarorlar qabul qilinadi va e`lon etiladi.






