1

Toshkent viloyatida ekstremistik faoliyat bilan shug`ullanib kelayotgan 27 nafar shaxs ushlandi

Jinoyat 23.09.2021, 09:40
Toshkent viloyatida ekstremistik faoliyat bilan shug`ullanib kelayotgan 27 nafar shaxs ushlandi

Nurafshon, Ohangaron va Chinozda ekstremistik faoliyat bilan shug`ullanib kelayotgan 27 nafar shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, Toshkent viloyat IIBB, Prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Nurafshon shahri, Ohangaron va Chinoz tumanlarida o`tkazgan "tezkor tadbir" davomida, yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shug`ullanib kelayotgan 27 nafar shaxslar aniqlandi.

Hozirda ushbu shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Avvalroq, viloyat IIBB hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta`minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan "Xavfsiz hudud" keng qamrovli, tezkor profilaktik tadbirlari o`tkazilayotgani va uning natijalari e`lon qilib borilishi haqida xabar bergan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1