Afg`onistonning sobiq parlament a`zolariga vaqtinchalik yashash uchun Gresiyadan joy berildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligiga tayanib O`zA xabar bermoqda.
Unga ko`ra, ayollar Nyu-Yorkda joylashgan nodavlat tashkilotining sa`y-harakatlari bilan Afg`onistondan Gresiyaga olib borilgan.
Ular bu erda tashqi ishlar mahkamasi bilan afg`onistonlik qochoqlar uchun migrasiya va boshpana olishga doir sharoitlar bilan tanishadi, harakatlarni muvofiqlashtirishni muhokama qiladi.
Tashqi ishlar mahkamasi ma`lumotida aytilishicha, bu ayollar va oilalari mamlakatda bir muddat, ya`ni AQShdan o`zlari uchun joy ajratilishi va ko`chib o`tish masalalari echim topgunicha Gresiyada bo`lib turadi.