AsosiyJamiyat

"Ishonch bildirilsa..." Alisher Qodirov shov-shuv bo`lgan banneri majburlab olib tashlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

'"Ishonch bildirilsa..." Alisher Qodirov shov-shuv bo`lgan banneri majburlab olib tashlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi'ning rasmi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston prezidentligiga nomzod Alisher Qodirov bilan bog`liq xabar tarqaldi. Unga ko`ra, sal avval saylovoldi targ`iboti sifatida chiqarilgan nomzodning banneri, endilikda taqiqqa uchragani aytilmoqda. 

Ma`lumki, respublika bo`ylab o`rnaligan bannerlarda "Prezidentlikka Alisher Qodir" jumlasi bilan kreativ yondashuvdagi suratlar aks etgan edi. Shundan so`ng omma ichida bu katta qiziqish va muhokamalarga sabab bo`ldi. So`nggi kunlarda esa nomzodning ushbu ko`rinishdagi targ`ibot banneri olib tashlanayotgani turli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan so`roqqa olinyapti. 

Shuningdek, "Prezidentlikka Alisher Qodir" o`rniga "Ovoz bering! Alisher Qodirov" jumlalari aks etgan. Holat ayniqsa blogerlar va OAV vakillarida turli fiklar paydo bo`lishiga sabab bo`lmoqda. 

Shuni inobatga olib nomzodning o`zi holatga o`z izohini berdi. 

"Targ`ibot bannerlarimizni majburlab almashtirishmoqda degan gaplar paydo bo`lmoqda.  

Bunday emas azizlar. Biz buni rejalashtirgan edik: oqni oq deymiz, qorani qora!  

Ishonch bildirilsa O`zbekiston ravnaqi va o`zbek xalqi farovonligi uchun borimni berishga tayyorman", - deyiladi prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning qisqa izohida. 

    Boshqa yangiliklar