AsosiyDunyo

“Titanik” bortida yozilgan xat auksionga qo`yildi

Britaniyada “Titanik” kemasi suzib ketishidan bir necha soat ilgari yozilgan maktub auksionga qo`yildi. Maktubning muallifi britaniyalik Pol Denbi ismli erkak bo`lib, u bu nomani Manchesterda yashovchi rafiqasi Rouzga yuborgan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.  

1912 yilning 10 aprelida Denbi rafiqasining amakisi bo`lmish parfyumer Adolf Zaalfeldni okean ortiga, AQShdagi xaridorlarga guldan olingan efir moylari kolleksiyasini namoyish qilishga ketayotganda kuzatishga chiqqan. Denbi o`z maktubida rafiqasiga mashhur qarindoshlarining hashamatli kayutasini tasvirlab bergan: 

“Kayuta mehmonxonaday keng va chiroyli, bu erda bir nechta yumshoq divanlar, elektr ventilyayutorlar mavjud”. Uning o`zi bu halokatli safarga bormagan.

Adolf Zaalfeld cho`kayotgan kemadan qutulib qolgan, “Titanik”da esa uning buyumlari qolib ketgan. 1985 yilda XX asrning eng mashhur halokatini o`rganish bo`yicha o`tkazilgan tadqiqotlar davomida mashhur parfyumerning charm sumkasi topilgan. Shuni ta`kidlash joizki, zamonaviy parfyumerlar Zaalfeldning ishini davom ettirib, suv tagidan topilgan atir namunalarini o`rganishdi.

Maktub muallifiga keladigan bo`lsak, u Ikkinchi jahon urushi davrida Sobibor konslagerida halok bo`lgan. Xatning boshlang`ich narxi 21 ming dollarga baholandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar