Checheniston Respublikasi Ramzan Qodirov mintaqa rahbari saylovida 99,7 foiz ovoz to`plab, jahon rekordini o`rnatdi. Bu haqda Xalqaro rekordlarni qayd etuvchi "Interrekord” agentligiga tayanib Lenta.ru xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Qodirov saylovlarda eng ko`p ovoz to`plagan.
Mazkur saylovda fuqarolarning ishtiroki 94,42 foizni tashkil etgan. Ramzan Qodirovni 711 973 respublika aholisi qo`llab - quvvatlagan.
Chechenistonni boshqarayotgan boshqa nomzodlar Xolid Nakaev va Iso Xojimurodovlar esa 0,12 va 0,15 foiz ovoz to`plashgan.
Checheniston rahbari Rossiyaning eng uzoq faoliyat ko`rsatgan gubernatori sifatida baholanmoqda.
Eslatib o`tamiz, Ramzan Qodirov 2007 yildan buyon Checheniston boshqaruvida turmoqda. Birinchi tayinlov vaqtida u 30 yoshda bo`lgan.
15.10.2021, 19:31
O`zbekiston Elektron Ommaviy axborot vositalari milliy asossiasiyasi boshqaruv raisi Firdavs Abduholiqov tashkil etilgan “Media xoll” haqida quyidagilarni so`zlab berdi:— 14 oktyabr kuni O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari...12.10.2021, 11:32
Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga roppa-rosa 12 kun qoldi. Tabiiyki, bu davrda insonlarda turlicha savollar tug`iladi. Markaziy saylov komissiyasi shunday savollardan biriga javob berdi.– Saylov byulleteni...09.10.2021, 15:28
O`zbekistonda bo`lib o`tadigan prezident saylovi bo`yicha EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi missiyasi oraliq hisobotini e`lon qildi.EXHT DIIHB (Demokratik institutlar va inson huquqlari...26.09.2021, 18:05
Bugun, 26 sentyabr kuni erta tongdan saylov jarayonlariga "start" berildi. Ovoz berish mahalliy vaqt bilan 18:00 ga qadar davom etadi. Saylovdan keyin yangi parlament kansleri...