Xabaringiz bor, joriy yilning 28 sentyabr — 3 oktyabr kunlari “Ipak yo`li durdonasi” XIII xalqaro Toshkent kinofestivali bo`lib o`tadi.
Shu munosabat bilan bugun erta tongda O`zbekiston Kinematografiya agentligida tadbir bo`lib o`tdi.
Unda o`zbek kinosi rivojiga ulkan hissa qo`shgan ustozlar xotirasi yod etildi.
Bu haqda O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi rahbari Jaloliddin Safoev “Zamon.uz” ga ma`lum qildi.
"Bugun Toshkent kinofestivali oldidan tadbir bo`lib o`tdi. Unda necha yillardan buyon O`zbek kinosiga o'z hissasini qo`shib kelganlarni xotirladik",–dedi Safoev.