AsosiyJamiyat

"Bekatda ko`p turib qolding!" Toshkentda yo`lovchi ayol va avtobus haydovchisi o`rtasidagi janjal bo`yicha ma`lumot berildi

'"Bekatda ko`p turib qolding!" Toshkentda yo`lovchi ayol va avtobus haydovchisi o`rtasidagi janjal bo`yicha ma`lumot berildi'ning rasmi

Joriy yilning 25-sentyabr kuni soat 15:30 da, 155-sonli yo`nalishda harakatlanuvchi haydovchi "Mashinsozlar" bekatida avtobus ichida bo`lgan yo`lovchi ayol "oraliq bekatda ko`p turib qolding" degan e`tiroziga nisbatan qo`pollik bilan javob qaytargani aks etgan video yúlovchi tomonidan suratga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.  

Holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati munosabat bildirdi. 

Mazkur holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari o`tkazilganda, ushbu avtobus Toshkent shahrida yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`illanuvchi "Avtosantrans-servis" MChJga biriktirlgan, davlat raqami 01/035QBA bo`lgan, 155-sonli yo`nalishda harakatlanuvchi "ISUZU" rusumli avtobus haydovchisi O.Sh ekanligi aniqlandi.  

Ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida  "Avtosantrans-servis" MChJ rahbariyati tomonidan eg`ilish o`tkazilib, haydovchining o`z xizmat vazifasi davomida yo`lovchini haqoratlagani, yo`nalishda uyali aloqa vositasidan foydalangani va karantin qoidalariga amal qilmasdan tibbiy niqob taqmaganligi kabi qoidabuzarliklarni amalga oshirgani uchun vaqtincha haydovchilik vazifasidan chetlatildi. Bo`lib o`tkan holat tegishli tartibda taxlil qilinib voqeaga aniqlik kiritilganidan so`ng mazkur haydovchining haydovchilikka loyiqlik masalasi ko`rib chiqilishi belgilandi.

Shuningdek, barcha haydovchilar bilan yo`lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o`z manzilariga sog`-omon etkazib qo`yish eng oliy maqsadimiz ekanligi, yo`lovchilar bilan xushmuomalada bo`lishlik, xizmat ko`rsatish madaniyatini oshirish va karantin qoidalariga amal qilish yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirildi.

"Hurmatli haydovchilar! Siz transport vositasini boshqarayotgan vaqtingiz nafaqat o`zingizning balki, yo`lovchilarning  ham hayotiga javobgar ekanligingizni unutmang.

Aziz yo`lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga va info@tashbus.uz orqali murojaat qilishingizni xamda avtobus haydovchisi amalga oshirayotgan qoidabuzarlikni suratga olib avtobus raqamini bizga yuborishingizni iltimos qilamiz", - deyiladi rasmiy munosabatda. 

 

 

    Boshqa yangiliklar