Bugun, 27 sentyabr kuni soat 08:47da Toshkent viloyati Toshkent tumani “Fayzobod” MFY M.Ulug`bek ko`chasidagi 8-uy hamda unga qo`shni bo`lgan M.Yusuf ko`chasidagi 75-uyda yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga asosan, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 08:50 da etib borib, soat 08:55da yong`in o`rab olingan va soat 09:30 da to`liq bartaraf etilgan.
Yong`in oqibatida M.Ulug`bek ko`chasida joylashgan 8-uyning 60 kv.m maydoni, M.Yusuf ko`chasidagi 75-uyning 60 kv.m maydoni yonib zaralangan.
Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida M.Ulug`bek ko`chasidagi 8-uyning 200 kv.m maydoni, M.Yusuf ko`chasidagi 75-uyning 100 kv.m maydoni yong`indan saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.






