Bu haqda bugun AOKAda o`tkazilgan brifingda «Vaqf» xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov ma`lum qildi:
«O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi 3 ta oliy: Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi va Hadis ilmi maktabi hamda 10 ta o`rta maxsus Islom bilim yurti faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-o`qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari, o`quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo`llab-quvvatlash uchun:
● 2018 yilda — 723 533 386 so`m;
● 2019 yilda — 2 222 700 000 so`m;
● 2020 yilda — 1 410 634 244 so`m;
● 2021 yilda — 2 272 795 617 so`m Fond tomonidan yo`naltirilgan».






