Surxondaryolik Ch.Yu. joriy yilning may oyida Rossiyaga ishlash maqsadida boradi va avgust oyida avtohalokatga uchrab, og`ir tan jarohati oladi. Natijada mehnatga layoqatsiz bo`lib qoladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tashabbusi bilan 26 sentyabr kuni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan Rostov-Don – Toshkent aviareysi orqali Vatanga qaytarildi.
Fuqaroni Agentlik xodimlari Toshkent xalqaro aeroportida tez tibbiy yordam brigadasini jalb qilgan holda kutib oldi va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirildi.
Moskva viloyatiga ishlash uchun borgan navoiylik 58 yoshli S.Ya. muqim bir joyda ishlay olmaganligi sababli ishsiz va pulsiz qoldi. Ushbu fuqaro ham homiylar hisobidan Moskva – Buxoro aviareysi orqali O`zbekistonga olib kelindi.






