AsosiySport

Xalqaro Paralimpiya qo`mitasi prezidenti Endryu Parsons O`zbekistonga kelishi kutilmoqda

'Xalqaro Paralimpiya qo`mitasi prezidenti Endryu Parsons O`zbekistonga kelishi kutilmoqda'ning rasmi

Joriy yil 29-sentyabr – 2 oktyabr kunlari Xalqaro paralimpiya qo`mitasi (IPC) prezidenti, janob Endryu Parsons O`zbekiston Milliy paralimpiya qo`mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan yurtimizga keladi.

Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2017 yildan beri IPC prezidenti vazifasini bajarib kelayotgan braziliyalik mutaxassis, janob Parsons O`zbekistonga ilk bor amalga oshirilayotgan rasmiy tashrifi doirasida bir qator uchrashuvlarda ishtirok etadi. Shuningdek, qisqa fursatda bunyod etilgan sport va madaniyat majmualari, mehmonxonalar hamda ularda yaratilayotgan infratuzilmalar bilan yaqindan tanishib, yurtimizning diqqatga sazovor joylarini ko`zdan kechiradi.

30-sentyabr kunida Xalqaro paralimpiya qo`mitasi (IPC) prezidenti Endryu Parsons ishtirokida Toshkentda "Yangi O`zbekistonda Paralimpiya xarakatini rivojlantirish" mavzusida kengaytirilgan Konferensiya o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Boshqa yangiliklar