Bugun 28 sentyabr kuni "Ipak yo`li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali start oldi.
Unda Mithun Chakraborti o`zbek filmida rol ijro etishga tayyorligini bildirdi.
"O`zbekistonga to`rtinchi marta tashrif buyurishim. Avvalgi O`zbekiston va hozirgi O`zbekiston o`rtasida katta farq bor. Mamlakatingiz yanada chiroy ochgan, ulkan o`zgarishlar ro`y bergan. Hindiston va O`zbekiston mustahkam do`stona aloqalarga ega, biz bir nechta filmlarni birgalikda ishlab chiqarish bo`yicha hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Men o`zbek filmida rol ijro etishga tayyorman",–deydi Chakraborti .
Eslatib o`tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”.
Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.