Samarqand shahrida 1 maydan boshlab jamoat transportidan foydalanish to`lovi uchun jetonlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
“Gazeta.uz”ning xabar berishicha, ularni plastik kartochkalar orqali ham sotib olish mumkin bo`ladi.
Samarqand viloyati hokimining tegishli qarori loyihasi muhokamalar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida chop etilgan.
Shaharda bank kartalarini qabul qilish uchun terminallar bilan jihozlangan jetonlar sotiluvchi maxsus punktlarni o`rnatish rejalashtirilmoqda.
Hujjat loyihasida ta`kidlanishicha, ushbu qaror aholiga qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.





