2021/2022-o`quv yili qabul uchun tasdiqlangan “Respublika oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi” baholash mezonlari o`zgarganligi sababli, abiturientlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida istisno tariqasida to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizig`i chegarasigacha etarli ball to`play olmagan abiturientlarga tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt miqdorini amalda belgilangan bazaviy to`lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilandi:
To`plagan ballari tasdiqlangan to`lov-kontrakt bo`yicha qabul parametrlari chegarasiga:
- 1,05 ballgacha etmagan abiturientlar uchun – bazaviy to`lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
- 1,06 balldan 2,05 ballgacha etmaganlar uchun – bazaviy to`lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
- 2,06 balldan 3,05 ballgacha etmaganlar uchun – bazaviy to`lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
- 3,06 balldan 4,05 ballgacha etmaganlar uchun – bazaviy to`lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
Bunda, ushbu toifadagi abiturientlar uchun to`lov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021/2022-o`quv yilida tasdiqlangan bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bitta talabani to`lov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy to`lov-kontrakt bo`yicha o`qitish qiymati qo`llaniladi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abiturientlarga belgilangan tabaqalashtirilgan to`lov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) beriladi.






