Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i Nurmat Otabekovning ma`lum qilishicha, koronavirus qayd etilishida pasayish tendensiyasini uchta jihat bilan baholash mumkin.
- koronavirusdan sog`ayganlar soni kundan kunga ortib borayotgani;
- koronavirusga qarshi vaksinalarning dastlabki dozalarini olganlar va to`liq emlanganlar soni ortgani;
- koronavirus kasalligi oxirgi avj olgan davrida immun tizimi nochor bo`lgan aholi qatlami kasallikni yuqtirib ulgurdi va aholi orasida immunitet darajasi birmuncha yuqorilargina kasallikka chalinmay qoldilar.
" – Endi immun tizimi kuchsiz bo`la turib kasallanmay qolganlar hisobidan kasallik qayd etilishi yana ko`tarilishi mumkin.
Jamoaviy immunitetni shakllantirmay turib (kasallanib yoki emlanib) epidemik vaziyatning barqarorligiga erishib bo`lmaydi. Kasallanganlik yoki kasallanmaganlikdan qat`iy nazar epidemik ko`rsatmaga asosan koronavirusga qarshi emlanish shart", – dedi Nurmat Otabekov.






