Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddatini toifalashtirilgan tarzda uzaytirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi.
Bu haqda DXA axborot xizmati ma`lum qildi.
Amaldagi tartibga ko`ra, eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati 2021 yilning 31 dekabr.
Taklif etilayotgan qaror loyihasiga ko`ra, haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddatini bir yilga uzaytirish nazarda tutilmoqda.






