Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddatini toifalashtirilgan tarzda uzaytirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi.
Amaldagi tartibga ko`ra, eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati 2021 yilning 31 dekabr.
️2022 yil 1 yanvardan boshlab, eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Taklif etilayotgan qaror loyihasiga ko`ra, haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddatini bir yilga uzaytirish nazarda tutilmoqda.






