Markaziy saylov komissiyasining kotibi Xudoyor Mamatovga ko`ra, Prezident sayloviga doir saylov byulletenini to`ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi va tavsifini tasdiqlash hamda ko`zi ojiz saylovchilarning saylov byulletenini to`ldirishda foydalanishlari uchun har bir saylov uchastkasini ikki donadan trafaretlar bilan ta`minlash taklif etilmoqda.
Shuningdek, saylovoldi tashviqotga oid teleko`rsatuvlar imo-ishora tili va subtitr yozuvida berib borilmoqda, bosma nashrlar Brayl alifbosida ham tayyorlanib etkazilmoqda.






