IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko`ra, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab:
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 iyuldagi «Tusi o`zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi 465-son qaroriga ko`ra, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab:
- avtotransport vositalari oynalarining tusini o`zgartirishga (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish bo`yicha davlat xizmati O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko`rsatiladi;
- «Davlat boji to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, avtotransport vositalari oynalarining tusini o`zgartirishga (qoraytirishga) oid davlat xizmati uchun yig`imlar davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko`rsatilganda, Vazirlar Mahkamasining «Tusi o`zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida» 2018 yil 18 iyuldagi 547-son qarorida ko`rsatilgan miqdorlarning 90 foizi to`lanadi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 avgustdagi «O`zbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirishga hamda yo`l harakati xavfsizligi sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida»gi 513-son qaroriga ko`ra, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab elektromobillar uchun alohida farqlovchi ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilari berish boshlanadi.






