AsosiyJamiyat

Oktyabr oyida pensiya va nafaqalar qay tartibda berilishi ma`lum qilindi

'Oktyabr oyida pensiya va nafaqalar qay tartibda berilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

 Ma`lumki, Mehnat Kodeksining 131-moddasiga muvofiq 1 oktyabr - "O`qituvchi va murabbiylar kuni" hamda 2 va 3 oktyabr - shanba va yakshanba kunlari dam olish kuni hisoblanadi.

Shu munosabat bilan fuqarolar o`rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishini oldini olish hamda pensiya va nafaqa oluvchilarning ovoragarchiliklariga yo`l qo`ymaslik maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg`armasi quyidagilar ma`lum qil:

- oktyabr oyi uchun beriladigan pensiya va nafaqa to`lovlari naqd pul shaklida 4 oktyabr sanasidan boshlab amalga oshiriladi hamda belgilangan muddatlargacha to`lanishi ta`minlanadi;

- pensiya va nafaqa to`lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi fuqarolarga mablag`lar 4-5 oktyabr kunlari ularning bank plastik kartalariga yuklanishi ta`minlanadi.  

 

 

    Boshqa yangiliklar