AsosiyJamiyat

Yangi oyning birinchi kunida qanday ob-havo kuzatiladi?

'Yangi oyning birinchi kunida qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko`ra, ertaga, 1 oktyabr kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14° iliq, kunduzi 20-22° iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq; Ustyurtda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.

Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 17-22° iliq, Navoiy viloyatining shimolda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.

Samarqand viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17° iliq, kunduzi 23-28° iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar