AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Butunrossiya davlat kinematografiya institutining filiali ochildi

'O`zbekistonda Butunrossiya davlat kinematografiya institutining filiali ochildi'ning rasmi

Butun 1 oktyabr kuni O`zbekistonda Butunrossiya davlat kinematografiya institutining filiali ochildi.

 Bu haqda agentlik matbuot kotibi xabar qildi.

Qayd etilishicha, ochilish marosimida Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov, Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov,  Rossiya Federasiyasi Madaniyat vaziri o`rinbosari Olga Yarilova,  Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori Vladimir Malshev va boshqa kinomutaxassislar ishtirok etishgan.  

Agentlik Bosh direktori Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali ochilishi haqida so`zladi:

"2021 yil avgust oyida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Toshkent shahrida "S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti" federal davlat byudjeti oliy ta`lim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish to`g`risidagi qarori e`lon qilindi. Aytish joizki, bu qarorning imzolanishi mamlakatimiz oliy ta`lim tizimi va kinematografiya rivojida muhim tarixiy voqea bo`ldi",–deydi Firdavs Abduxoliqov.

Ma`lumot o`rnida, ushbu ta`lim dargohida talabalar "dramaturgiya" va "kinoprodyuserlik" yo`nalishlari bo`yicha ta`lim olishadi. 

Boshqa yangiliklar