Oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida O`zbekiston milliy terma jamoasi Malayziya va Iordaniyaga qarshi o`rtoqlik o`yinlarida ishtirok etadi. Terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes mazkur o`yinlar uchun quyidagi futbolchilarni jalb qildi.
Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”), Valijon Rahimov (“OKMK”), O`tkir Yusupov (“Navbahor”);
Himoyachilar: Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Ibrohimxalil Yo`ldoshev (“Nijniy Novgorod”, Rossiya), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Dilshod Saitov (“Nasaf”), Islomjon Qobilov (“Lokomotiv”), Rustam Ashurmatov (“Gangvon”, Janubiy Koreya), Dostonbek Tursunov (“Chunsin” Xitoy), Husniddin Aliqulov (“Nasaf”), Abdulla Abdullaev (“Bunyodkor”);
Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”), Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA), Oybek Bozorov (“Nasaf”), Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”), Aziz G`aniev (“Shabab Al-Ahli”, BAA), Jaloliddin Masharipov (“An-Nassr”, Saudiya Arabistoni);
Hujumchilar: Jasur Yaxshiboev (“Sheriff”, Moldova), Shahboz Umarov (BATE, Belarus), Eldor Shomurodov (“Roma”, Italiya), Igor Sergeev (“Tobol”, Qozog`iston), Husayn Norchaev (“Nasaf”).
Tarkibdagi e`tiborga molik o`zgarishlar sifatida “Real Madrid” darvozasini ishg`ol qilgan Jasur Yaxshiboev, Belarus chempionatida porlayotgan Shahboz Umarov hamda “Nasaf” to`purari Husayn Norchaevlarning mamlakat bosh jamoasiga jalb etilganligini aytish mumkin.
Ma`lumot uchun: Srechko Katanes shogirdlari 9 oktyabr kuni Malayziya, 12 oktyabrda esa Iordaniya terma jamoasi bilan o`rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.