AsosiyMadaniyat

Mirzo Ulug`bek haqidagi hujjatli film namoyish etildi

'Mirzo Ulug`bek haqidagi hujjatli film namoyish etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivali dasturida bugun Gollivudda ijod qilayotgan o`zbek rejissyori Bahodir Yuldashevning "Ulug`bek yohud Osmon toqiga qo`yilgan narvonʼʼ nomli yangi hujjatli film premerasi bo`lib o`tdi.

Ushbu hujjatli film Sharqning buyuk mutafakkiri, Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug`bek hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiladi.  

Filmda Vensan Kassel, Armand Assante, Fransisko Ovale kabi dunyoga mashhur san`atkorlar, shuningdek, Ma`ruf Otajonov, Javohir Zokirov, Hoshim Arslonov singari o`zbekistonlik taniqli aktyorlar rol ijro etgan.

Mazkur kinokartina 2017 yilda 74-Xalqaro Venesiya kinofestivalida «Eng yaxshi xorijiy hujjatli film» nominasiyasida nufuzli «Kineo» mukofotiga sazovor bo`lgan, Italiyaning Iskya orolida bo`lib o`tgan xalqaro kinofestivalda “Eng yaxshi hujjatli film” nominasiyasida g`oliblikni qo`lga kiritgan.

Boshqa yangiliklar