1

Xalqaro kinofestival: Vayner Evgeniy Kulikning nufuzli mukofotga loyiq topilgan "2050" filmi namoyish qilindi

Madaniyat 01.10.2021, 18:31
Xalqaro kinofestival: Vayner Evgeniy Kulikning nufuzli mukofotga loyiq topilgan "2050" filmi namoyish qilindi

Bugun "O`zbekfilm" kinokonsernida rossiyalik mashhur aktyor, rejissyor, ssenarist, vayner va shoumen Evgeniy Kulik ishtirokida ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi. 

Uchrashuvda yoshlar uchun uning nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo`lgan "2050" qisqa metrajli filmi namoyish qilindi. Shuningdek, kinofestival mehmoni tashrif davomida o`z tajribalarini yig`ilganlar bilan o`rtoqlashdi. 

Bu xaqda Kinomotografiya agentligi ma`lum qildi.

 "O`zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivalining to`rtinchi kuni ham Jerar Deparde, Pavel Priluchny, Timur Bekmambetov kabi dunyoga mashhur ko`plab ijodkorlar bilan uchrashuvlarga boy o`tmoqda", - deyiladi agentlik xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1