“Ipak yo`li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida turli mamlakatlarning eng sara filmlari namoyish qilinmoqda, film ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumanlari, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari o`tkazilmoqda.
“O`zbekfilm” kinokonsernida rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan 2021 yilda suratga olingan “Devyataev” badiiy filmi kino ixlosmandlari e`tiboriga havola qilindi. Mazkur film real voqealarga asosnlangan bo`lib, Ikkinch jahon urushi qattnashchisi, katta leytenant, harbiy uchuvchi, Sovet Ittifoqi qahramoni Mixail Petrovich Devyataev hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Film syujetiga M.Devyataevning “Do`zaxdan qochish” nomli avtobiografik asari asos bo`lib xizmat qilgan.
Kartinada bosh qahramon – Mixail Devyataevning Ikkinchi jahon urushining so`nggi yillarida nemis konslageriga tushib qolgani, u erda nemislarning ishonchiga kirib, duo`shman harbiy samolyotda bir qancha sovet harbiyy asirlarini vataniga olib kelgani hikoya qilinadi.
Film mashhur kinorjissyor Timur Bekmambetov tomonidan “Bazelevs”, “Columbia Pictures”, “Voenfilm” kinostudyalari “Rossiya 1” telekanali hamda Rossiya kino fondi hamkorligida suratga olingan.
Asardagi bosh qahramonlar Mixail Devyataev va uning uning safdoshi Nikolay Larin rollarini taniqli aktyorlar Pavel Priluchniy va Pavel Chinarevlar ijro etishgan.
Tomoshabinlar ushbu filmni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Film so`ngida uning ijodkorlari – rejissyor Timur Bekmambetov, prodyuser Igor Mishin, aktyorlar Pavel Priluchny va Pavel Chinarevlar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Film rejissyori T.Bekmambetov filmning yaratilishi tarixi, u bilan bog`liq qiziqarli voqealar haqida hikoya qilib berdi. Ular jurnalistlar va muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.