AsosiyMadaniyat

Danmon Group kompaniyasi bilan kelishuv imzolandi

'Danmon Group kompaniyasi bilan kelishuv imzolandi'ning rasmi

Davlat rahbari tashabbusi bilan Kinematografiya agentligi tomonidan o`tkazilayotgan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida kuni kecha Danmon Group kompaniyasi (Daniya) bilan kelishuv imzolandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Mazkur kelishuv O`zbekiston Respulikasi Prezidentining 2021 yil 7 apreldagi PQ-5060 son Qarori ijrosi doirasida “O`zbekfilm” kinokonserni DUKni zamonaviy kinoqurilmalari va texnikalari bilan jihozlash bo`yicha olib borildi.

Kompaniya vakillari mahalliy va xorijiy mutaxassislar uchun yangi texnologiyalar imkoniyatlari haqida maxsus taqdimot o`tkazishdi. So`ng, agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Danmon Group kompaniyasi direktori Brayen Skott o`rtasida shartnoma tuzildi.  

Unga ko`ra joriy yilning oxiriga qadar kompaniya texnologiyalarning ma`lum qismini “O`zbekfilm” kinokonserniga etkazib beradi.  

Endilikda o`zbek kinoijodkorlari dunyoning zamonaviy kinotexnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

 

 

    Boshqa yangiliklar