AsosiyJamiyat
3555

O`zbekiston Germaniyadan 1,2 tonna choy import qilgan

'O`zbekiston Germaniyadan 1,2 tonna choy import qilgan'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilning yanvar-avgust oylarida  21 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,5 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 19,8 ming tonna choy import qilgan.

Choy importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 464,5 tonnaga kamaygan.

2021 yilning 8 oyida O`zbekiston choy mahsulotini eng ko`p import qilgan davlatlar:

Xitoy – 15,6 ming tonna

Keniya – 1,6 ming tonna

Eron – 640,7 tonna

Hindiston – 425,5 tonna

Indoneziya – 417,2 tonna

Vetnam – 326,1 tonna

Shri-Lanka – 318,5 tonna

Rossiya – 289,2 tonna

BAA – 168,7 tonna

Qozog`iston  – 16,2 tonna

Turkiya – 12,6 tonna

Ozarbayjon – 7,9 tonna

Ukraina – 3 tonna

Germaniya – 1,2 tonna

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar