AsosiyDunyo

Turkiyaning O`zbekistondagi sobiq elchisi Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining Bosh kotibi etib tayinlandi

'Turkiyaning O`zbekistondagi sobiq elchisi Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining Bosh kotibi etib tayinlandi'ning rasmi

Turkiyaning O`zbekistondagi sobiq Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining (TÜRKPA) Bosh kotibi etib tayinlandi.

Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasi (TÜRKPA) strategiyasini 4 yil davomida Turkiya amalga oshiradi.

Turk dunyosining eng muhim tashkilotlaridan biri bo`lgan Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining (TÜRKPA) Bosh kotibyatini bu yıldan boshlab 4 yil mobaynida Turkiya amalga oshiradi. Ushbu lavozimga Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafo Shentopning taklifiga binoan "Turkshunoslik bo`yicha mutaxassis" bo`lgan bir ism tanlandi.  

2019-2021 yillarda Turkiyaning O`zbekistondagi elchisi bo`lgan Mehmet Sureyya Er, X Bosh Assambleyada Turkistonda TÜRKPA Bosh kotibi etib tayinlandi.

Janob Er to`rt yil davomida TÜRKPA kuzatishi kerak bo`lgan strategiyalarni amalga oshiradi. U, 2023 yılgacha umumiy asoslarni ko`paytirish va hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish rejasini tayyorlaydi va uni TÜRKPAga a`zo davlatlar parlamenti raislariga taqdim etadi.

    Boshqa yangiliklar