AsosiyDunyo

Turkiyalik olim Buxorodan turkiy xalqlar bobokalonining qabrini topganini e`lon qildi

'Turkiyalik olim Buxorodan turkiy xalqlar bobokalonining qabrini topganini e`lon qildi'ning rasmi

Turkiyaning Gazi universiteti professori doktor Nejati Demir Buxorodan afsonaviy turk xoqoni Alp Er To`nga qabrini topganini aytmoqda. Bu haqda Turkiyaning “Huriyyat ” gazetasi xabar bermoqda.

Ancha vaqtdan buyon Buxoroda tadqiqot olib borayotgan Turkiyaning Gazi universiteti professori, doktor Nejati Demir Alp Er Tung qabrini topganini da`vo qilmoqda. Doktor o`z kashfiyoti haqida Twitter sahifasida e`lon qilgan.

“Turk dunyosini qutlayman. Turkiylarning umumiy bobokaloni Alp Er To`nga qabri men tomonimdan Buxorodan topildi”, deb ta`kidlagan professor.

Lekin, doktor Nejati Demir Alp Er To`nga dafn qilingan joy haqida batafsil ma`lumot bermagan va shunday degan:

“Qadimgi arab va fors manbalarida Alp Er To`nga maqbarasi Buxoroda ekanligi aytilgan. Meni viloyat tarixchilari va tadqiqotchilari ham qo`llab-quvvatlashdi. Tafsilotlarni yaqin kunlarda baham ko`raman”, degan doktor Nejati Demir.

    Boshqa yangiliklar