Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi axborot xizmati rahbari Ozod Rajabov ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, “Toza havo” tadbiri doirasida tekshirilgan avtotransport vositalarining 9113 tasi yoki 3,4 foizida zararli tutunlar me`yorlardan yuqoriligi aniqlandi.
Natijada shuncha avtomobil haydovchilariga ogohlantirishlar berilgan bo`lsa, yana 2986 ta avtotransport vositalari normadan ortiq hollarni bartaraf etish uchun vaqtincha to`xtatilib, avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish shaxobchalariga yo`naltirilgan.