1

Ko`ksaroy qarorgohida Turmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi

Siyosat 05.10.2021, 12:34
Teglar: Shavkat Mirziyoev
Ko`ksaroy qarorgohida Turmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi

Ko`ksaroy qarorgohida Turmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimidan so`ng Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov tor doirada uchrashuv o`tkazdilar.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Turkmaniston etakchisini samimiy qutlab, 27 sentyabr kuni nishonlangan bayram – ushbu mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan yana bir bor muborakbod etdi hamda birodar turkman xalqiga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tiladi.

– Har bir uchrashuvimiz tarixiy ahamiyatga ega muhim voqeadir. Barcha erishilgan kelishuvlar hayotga tatbiq etildi va xalqlarimizga xizmat qilmoqda. Bugun sherikligimizning dolzarb masalalarini batafsil muhokama qilish va uzoq muddatli istiqbolga yangi “o`sish nuqtalarini” belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat bo`ladi. Sizning tashrifingiz mintaqaviy va xalqaro maydonda hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi, - deb ta`kidladi Shavkat Mirziyoev.

Turkmaniston Prezidenti mehmondo`stlik uchun minnatdorlik bildirib, ikki davlat o`rtasidagi munosabatlar yuksak darajaga etganini qayd etdi.

– O`zbekiston – bizning yaqin qo`shnimiz va strategik sherigimiz. Keyingi yillarda hamkorlik jadal rivojlanib bormoqda. Bu siyosatda ham, savdo-iqtisodiy sohada ham, madaniy-gumanitar sohada ham o`z aksini topmoqda. Mintaqaviy va xalqaro masalalarda bir-birimizni qo`llab-quvvatlayapmiz. Chunki maqsadlarimiz hamohang, - dedi Gurbanguli Berdimuhamedov.

Uchrashuvda davlat rahbarlari ko`p asrlik do`stlik, yaxshi qo`shnichilik, strategik sheriklik, o`zaro ishonch va qo`llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning bugungi darajasini yuksak baholadilar. Etakchilar O`zbekiston-Turkmaniston ko`p qirrali hamkorligida mavjud masalalarning butun doirasini muhokama qilib, konstruktiv siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy sheriklikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratdilar.

Keyingi to`rt yilda o`zaro savdo hajmi uch barobarga ko`payib, 400 million dollardan oshdi. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash yana 25 foizga ortdi.

Joriy yil 14 sentyabr kuni bo`lib o`tgan Ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiyaning 16-yig`ilishi hamda 4 oktyabr kuni Toshkentda bo`lib o`tgan O`zbekiston-Turkmaniston iqtisodiy forumi natijalari o`zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishi ta`kidlandi.

Ikki mamlakatning, ayniqsa chegaradosh hududlari o`rtasidagi hamkorlikning salohiyati ulkan ekani alohida ta`kidlandi. Turkmanistonning Lebap va Doshog`uz viloyatlari rahbarlarining shu yil 22 sentyabr kuni O`zbekistonning Buxoro va Xorazm viloyatlariga do`stlik tashriflari bunga misoldir. Prezidentlar bunday muntazam uchrashuvlar ikki mamlakat va xalq o`rtasida o`zaro anglashuvni mustahkamlashga xizmat qilishini ta`kidladilar.

Suv xo`jaligi sohasidagi hamkorlikka yuqori baho berildi. Tomonlar 13 sentyabr kuni Toshkentda Suv xo`jaligi masalalari bo`yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig`ilishi muvaffaqiyatli o`tkazilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Mintaqa va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini muntazam o`tkazish hamda joriy yil 6 avgust kuni Avazada o`tkazilgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhim ekani ta`kidlandi.

Toshkentdagi muzokaralar mamlakatlarimiz va xalqlarimizning o`zaro anglashuvi va jipsligining - bugungi kunda ro`y berayotgan voqealar fonida ayniqsa muhim bo`lgan jihatning navbatdagi tasdig`i bo`ldi.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1