AsosiySIYOSAT

Gurbanguli Berdimuhamedov ketish oldidan Birinchi Prezidentimiz poyiga gul qo`ydi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev ham...

'Gurbanguli Berdimuhamedov ketish oldidan Birinchi Prezidentimiz poyiga gul qo`ydi'ning rasmi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev hamrohligida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasiga borib, Birinchi Prezidentimiz haykaliga gul qo`ydi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Bu marhum yo`lboshchimiz xotirasiga hurmat, xalqlarimiz o`rtasidagi mehr-oqibat ifodasi bo`ldi.

Shuning bilan Turkmaniston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi.

Toshkent xalqaro aeroportida Gurbanguli Berdimuhamedovni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev kuzatib qo`ydi.

    Boshqa yangiliklar