Ijtimoiy tarmoqlarda "Spark haydovchisining shoshqaloqligi sabab Kobalt haydovchisi piyodani urib yubordi" sarlavhasi ostida video tarqaldi.
IIV Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha, avtohalokat 3 oktyabr kuni soat 11:00 larda, Toshkent shahar, Bektemir tumani TXAY ko`chasida sodir bo`lgan. 1972 yilda tug`ilgan haydovchi K.K. "Kobalt" harakatlanib kelayotgan vaqtda, qayrilib olish joyida yo`liga chiqib ketgan "Spark" avtomobiliga urilib ketmaslik maqsadida rulni o`ng tomonga burgan va yo`l chetida turgan piyoda, 1987 yilda tug`ilgan P.B.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda P.B. tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
️Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, holat sodir bo`lishiga aloqador bo`lgan "Spark" rusumli avtomobil haydovchisini aniqlash choralari ko`rilmoqda.






