Shoshtepa miloddan avvalgi IX - XVI asrlarga oid yodgorlik bo`lib, Sergeli tumani, Choshtepa ko`chasida, Jo`n kanali bo`yida joylashgan va ayni shu yodgorlikdan Toshkentning 2200 yoshini belgilashga imkon beradigan shaharcha belgilari topilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Shoshtepa arxeologik yodgorligining hozirgi holati keng muhokama qilinmoqda. Toshkentliklar uning atrofidagi qurilish ishlari sabab yodgorlikka ziyon etayotganidan va u kelajak avlodlar uchun saqlanmasligidan xavotirlarini bayon etganlar.
Madaniy meros agentligi tomonidan Toshkent shahar Sergeli tumani Choshtepa ko`chasida joylashgan yodgorlik 2019-yil 28-iyunda madaniy meros obektlari davlat kadastriga kiritilgan va davlat muhofazasiga olinganligi ma`lum qilinadi.
Shoshtepa arxeologiya yodgorligida joriy haftada “ECO HOUSE GROUP” tomonidan konservasiya ishlari boshlanishi belgilandi.






