AsosiyJamiyat

"Mashinalarni rasmga olib 10 000 so`mdan pul ishlaydigan fuqaro"ni samosud qilgan fuqarolarga chora ko`rildi

'"Mashinalarni rasmga olib 10 000 so`mdan pul ishlaydigan fuqaro"ni samosud qilgan fuqarolarga chora ko`rildi'ning rasmi

Internet tarmoqlarda tarqalgan videoda noma`lum shaxs boshqa bir kishini kuch bilan ushlab turib, tarmoq foydalanuvchilariga bu shaxs yo`l harakati qoidabuzarliklarini tasvirga olib, ichki ishlar organlariga jo`natish bilan shug`ullanishini ma`lum qilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIB tekshiruv o`tkazdi.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, ushbu holat 2021 yil 1 oktyabr kuni soat 17:00 da Uchtepa tumani Toshkent xalqa avtomobil yo`lida “O`rikzor” bozori yaqinida sodir bo`lgan. Huquqbuzar 1996 yilda tug`ilgan Xurshid E. ekanligi aniqlandi. 

Xurshid E. Uchtepa tumani IIO FMB 3-son ichki ishlar bo`limigq etkazilib, u bilan profilaktik suhbat o`tkazildi. Bundan tashqari, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 183-moddasi bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.

Xabarga ko`ra, to`plangan hujjatlar qonuniy chora ko`rilishi uchun sudga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar