4 oktyabr kuni o`tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida jinoyat sodir etib, qidiruvda bo`lgan shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, Namangan shahrida yashagan, 2011 yilda O`z.R JKning 164-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1986 yilda tug`ilgan fuqaroni viloyat IIB JQB bo`lim boshlig`i va katta tezkor vakillari tomonidan Namangan shahar Yuksalish mahallasidan ushlangan.
Shuningdek, 5 oktyabr kuni o`tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida jinoyat sodir etib, qidiruvda bo`lgan, Chortoq tumanida yashagan, 2019 yilda O`z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1987 yilda tug`ilgan fuqaroni Toshkent janubiy vokzali XTB JQB boshlig`i va Chortoq tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Toshkent shahar markazidan ushlanib, Chortoq tuman IIB VShga joylashtirilgan.






