AsosiyJamiyat

Toshkentda ayrim yo`llar yopiladi

'Toshkentda ayrim yo`llar yopiladi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, triatlon bo`yicha Xalqaro musobaqa o`tkazilishi munosabati bilan yo`llarning bir qismi transport harakati uchun 9 oktyabr kuni soat 06:00 dan 18:00 gacha va 10 oktyabr kuni soat 06:00 dan 15:00 ga qadar yopiladi. Bular:

- KXAY va Ko`rgazma ko`chalari kesishmasidan — Ch.Aytmatov ko`chasigacha;

- KXAY va Sh.Rashidov ko`chalari kesishmasidan - Osiyo va Ch.Aytmatov ko`chalari kesishmasigacha.

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanish tavsiya etiladi.

    Boshqa yangiliklar