AsosiySport

Ronalduning qaytishi «MYu» aksiyalarini 650 million evroga qimmatlashtirdi

'Ronalduning qaytishi «MYu» aksiyalarini 650 million evroga qimmatlashtirdi'ning rasmi

Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»ga qaytishi klubning moliyaviy holatiga ijobiy ta`sir qilishda davom etmoqda.

The Sun nashri xabariga ko`ra, Krishtianu Ronaldu «Yuventus»dan «Manchester Yunayted» safiga o`tgach, klub aksiyalarining narxi hozirgacha jami 650 million evroga qimmatlashgan.

Avvalroq, «MYu» Ronaldu transferi amalga oshgach, dastlabki ikki hafta davomida Krishtianuning sharifi yozilgan 7-raqamli futbolkalardan 200 million evro savdo qilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o`tamiz, «MYu» Ronaldu transferi uchun «Yuve»ga 15 million evro transfer pulini 5 yilga – yillik 3 million evrodan bo`lib berish sharti bilan kelishgan.

Ma`lumot uchun, 36 yoshli portugaliyalik forvard «MYu»dagi dastlabki 6 o`yinida 5ta golga mualliflik qildi.

    Boshqa yangiliklar