AsosiyJamiyat

Moskvadagi xostelda vafot etgan mehnat migrantlari yuzasidan ma`lumot berildi

'Moskvadagi xostelda vafot etgan mehnat migrantlari yuzasidan ma`lumot berildi'ning rasmi

Amurdagi zavodda sodir bo`lgan yong`in va Moskvadagi xostelda vafot etgan mehnat migrantlari yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lumot berdi.

Bugun Rossiya Federasiyasi Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodida yuz bergan portlash va uning oqibatida yuzaga kelgan yong`in yuzasidan O`zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari tegishli tashkilotlar vakillari bilan tezkor aloqa o`rnatdi.

Huquq tartibot idoralari taqdim etgan dastalbki ma`lumotlarga ko`ra, ushbu fojea oqibatida jabrlanganlar orasida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari yo`q.

Shuningdek, Moskva shahridagi xostellardan birida mehnat migrantining vafot etgani bilan bog`liq holat ham O`zbekiston Respublikasi diplomatik organlari va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan.

Olingan so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan 3 nafar fuqaroning ahvoli qoniqarli.

Ushbu holatlar bo`yicha tergov tadbirlari rasmiy xulosasi olingach qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar