Navoiy viloyati Karmana tumani hududidan oqib o`tuvchi Zarafshon daryosida baliqlar ommaviy zaharlandi. Bu haqda Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
O`rganish davomida boshqarmaning Analitik laboratoriya mas`ul xodimlari, Karmana tumani Ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari, viloyat Veterinariya laboratoriyasi va “Navoiyazot” AJning Sanitar labarotoriyasi mutaxassislari hamkorligida daryoning 5 ta nuqtasidan tahlil namunalari olindi. Natijada “Navoiyazot” AJ ga qarashli (1-tashlama) 267-quduqdan azot ammoniy 21 marotaba, azot nitrat 2,6 marotaba, azot nitrit 60 marotaba, xloridlar 1,3 marotaba, mis ionlari 2,1 marotaba belgilangan me`yorlardan yuqoriligi hamda daryoda ommaviy zaharlanish yuzaga kelganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat bo`yicha dastlabki o`rganish-surishtiruv ishlari davom etmoqda. Uning yakuni bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.