Yaponiya poytaxti hududidagi zilzila oqibatida kamida 16 kishi shikastlandi.
NHK telekanalining xabar berishicha, jarohatlanganlar soni allaqachon 22 kishiga etgan. Ulardan kamida uchtasi Tokio va Saytama prefekturalarida, chamasi to`qqiztasi Chiba prefekturasida va yana etti kishi Kanagava prefekturasida qayd etilgan.
Payshanba kuni kechqurun Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo`ldi. Dastlab uning kuchi 6,1 ga teng edi, lekin keyin 5,9 ga tushdi. Zilzila 47 ta prefekturaning 26 tasida sezilgan.
Qurbonlar haqida hozircha hech qanday ma`lumot yo`q. Sunami xavfi e`lon qilinmadi.
Yong`inlar va suv quvurlarining uzilishi haqida xabarlar bor. Er silkinishlari, shuningdek, Tokio metrosi va «Sinkansen» tezyurar poezdlari harakatini vaqtincha to`xtatdi. Hozir barcha yo`nalishlarda transport deyarli to`liq tiklandi. Poytaxt hududida joylashgan aeroportlarga zarar etmagan.






