AsosiyJamiyat

Turkiya O`zbekistonga COVID-19 vaksinasi va dori-darmonlar etkazib beradi

'Turkiya O`zbekistonga COVID-19 vaksinasi va dori-darmonlar etkazib beradi'ning rasmi

Kecha O`zbekiston va Turkiya hukumatlari o`rtasida sog`liqni saqlash sohasida grant yordamiga oid bitim imzolandi. Hujjatga ko`ra, Turkiya O`zbekistonga COVID-19ga qarshi 200 ming doza vaksina, shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparatlarini yuboradi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

O`zbekiston Respublikasi nomidan bitimni mamlakatimizning Turkiyadagi elchisi Alisher A`zamxo`jaev, Turkiya Respublikasi nomidan sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari Xalil Eldemir imzoladi.

 

Vaksinalar va dorilarning mazkur partiyasi Turkiya tomonidan O`zbekistonga do`stlik va xayrixohlik belgisi sifatida yuborilmoqda.

    Boshqa yangiliklar