Bugun ertalab, soat 8:20 larda "Qamchiq" dovonining 234 km.da "Vodiy-Toshkent" yo`nalishida 20 tonna uzum bilan harakatlangan "MAN" rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`l o`rtasidagi temir to`siqqa urilgan va yo`lning harakat qismiga halaqit beradigan darajada to`xtagan.
Voqea joyiga zudlik bilan "Qamchiq" MQYoQB qutqaruvchilari, YPX va "Qamchiqavtoyo`l" IYFUK xodimlari etib kelishgan.
Qutqaruvchilar maxsus texnikalar yordamida soat 13:30da hodisani to`liq bartaraf etib, yo`l-patrul xizmati xodimlari harakat xavfsizligini ta`minladilar.
Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.






