AsosiyJamiyat

Mashhur fotomuxbir Sodiq Mahkamov vafot etdi

'Mashhur fotomuxbir Sodiq Mahkamov vafot etdi'ning rasmi

O`zbekis­ton Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist, mashhur fotomuxbir Sodiq Mahkamov vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi xabar berdi.

Shu munosabati bilan Uyushma ustozning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya bildirgan.

Sodiq Mahkamov fotoarxividan O`zbekistonning salkam yarim asrlik madaniy tarixi o`rin olgan. U faoliyatini boshlagandan nafaqaga chiqquniga qadar, 2005 yilgacha – “O`zbekiston adabiyoti va san`ati” tahririyatida ishladi.

“Shu kasb tufayli G`afur G`ulom, Oybek, Shayxzoda, Abdulla Qahhor, Zulfiya, Mukarrama Turg`unboeva, Tamaraxonim, Saodat Qobulova, Olim ­Xo`jaev, Shukur Burhonov, Razzoq Hamroev, Nabi Rahimov, O`rol Tansiqboev kabi ko`p­lab buyuk insonlar bilan uchrashdim, Asqad Muxtor, Said Ahmad, Odil Yoqubov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Ibrohim G`afurov kabi ko`plab yozuvchi va shoirlar, san`atkorlar, rassomlar bilan muloqot qildim, do`stlashdim. Ular hayotidagi eng yaxshi, eng unutilmas lahzalarni abadiyatga muhrladim. Shunday oddiy kasb egasi uchun bundan ortiq baxt bormi?!”, — degan faxrlanib jurnalist.

    Boshqa yangiliklar